Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti rektori Vladimir Litvinenko dollarli milliarderga aylandi, deb yozadi Meduza. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1997-yilda nomzodlik dissertatsiyasini aynan uning rahbarligi ostida himoya qilgan edi.
2017-yil 21-iyul holatiga ko‘ra, “Fosagro” kompaniyasining Litvinenkoga tegishli aksiyalar paketi narxi 59,9 milliard rublga yetgan, bu esa 1 milliard 10 million dollar demakdir.
2017-yil aprelida Livinenko o‘zining “Fosagro”dagi ulushini 19,35 foizga yetkazgan. Rektor kompaniyadagi ilk aksiyalarini “YuKOS” ishi bo‘yicha ko‘rsatgan ko‘magi uchun qo‘lga kiritgan.
Vladimir Litvinenko ko‘p yillar davomida Rossiya OTMlarining eng ko‘p maosh oluvchi rektorlari ro‘yxatida yetakchilik qilib kelmoqda. Masalan, 2016-yilda Litvinenko 195,5 million rubl daromadi haqida deklaratsiya qildi.
Turli vaqtlarda Litvinenko va uning oilasiga shpal va o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi, yog‘ochga ishlov beruvchi firmalar aktivlari tegishli bo‘lgan. Bundan tashqari, xabarlarga ko‘ra, Litvinenko Sankt-Peterburgda elita ko‘chmas mulkka ega.
Izoh (0)