AQSh prezidenti Donald Tramp yangi Gerald Ford aviatashuvchisini mamlakat harbiy-dengiz kuchlari jangovar tarkibiga kiritish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bu kema va unda xizmat qiladigan barchani xudoning o‘zi yorlaqasin. U dunyo tarixidagi eng yangi, eng katta, eng zamonaviy aviatashuvchi hisoblanadi. Kemani yaratgan konstruktorlarga minnatdorlik bildiraman”, — dedi AQSh prezidenti.
Tramp sobiq prezident Barak Obamani nazarda tutib, AQSh mudofaa budjetini qisqartirish siyosatiga chek qo‘yishga chaqirdi. Bu harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatishda uzilishlar, investitsiyalar yetishmovchiligi va qurolli kuchlar yetarli darajada jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lmasligiga olib keldi.
Gerald Ford qurilishi 2008-yilda boshlangandi. Kemani ishga tushirishga salkam 13 milliard dollar sarflandi.
Izoh (0)