Angliyada o‘tgan ikki yil davomida narkotik moddalar qabul qilgani uchun rekord miqdordagi o‘quvchilar — 9250 kishi maktablardan chetlatildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Chetlatishlarning eng ko‘pi Yorkshir va Xamberda qayd etili. Mazkur mintaqalarda maktablar turli sabablarga ko‘ra 50 ming marotabadan ko‘proq o‘qishdan vaqtincha chetlatish haqida qaror qabul qilgan.
Mutaxassislar narkotiklar iste’mol qiladigan bolalar safi kengayib borayotganini ular o‘rtasida bu narsa ko‘pincha odatiy holat deb hisoblanishi bilan bog‘lamoqda.
Izoh (0)