AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton saylovchilar “u nimani himoya qilayotganini” bilmagani uchun saylovlarda mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz nimani uddalay olmadik? Kishilar nimani himoya qilayotganimizni bilmasdi, biz faqat Trampga qarshi edik”, — ta’kidladi Shumer.
Demokratlar yetakchisiga ko‘ra, “mashhurligi 40 foiz atrofida bo‘lgan kishiga yutqazsa, bunda Jeyms Komi (FQB sobiq direktori) yoki Rossiyani emas, o‘zini ablashi kerak”.
Izoh (0)