Xorijiy josus samolyot Boltiq dengizi ustida, Kaliningrad yaqinida yo‘lovchi havo kemasiga xavfli darajada yaqinlashdi. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbaga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
“Xelsinkidan Myunxenga yo‘l olgan A-321 ekipaji Boltiq dengizi ustida, Kaliningraddan 100 kilometr uzoqlikda parvoz qilayotgan chog‘da xavfli yaqinlashuvdan ogohlantiruv tizimi ishlab ketganligini ma’lum qildi. Xorijiy harbiy samolyot yo‘lovchi layneridan atigi 150 metr yuqorida edi. Ekipajning urinishlari tufayli samolyotlar hech bir kor-holsiz yo‘nalishida davom etdi”, — ta’kidladi agentlik manbasi.
Xorijiy harbiy samolyot — to‘rtta reaktiv dvigatelli Boeing Rivet Joint radioelektron razvedka va aerofotosyomka qurilmalari bilan jihozlangani hamda NATO davlatlaridan biriga tegishli bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)