Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Turkiya va Germaniyaga rasmiy tashriflari davomida unga hamrohlik qilgan oilasining xarajatlarini o‘zi to‘laydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati rahbari Bey Mahmudin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident unga hamrohlik qilgan oila a’zolarining uchish, istiqomat haqi va boshqa xarajatlarni taqdim etishga ko‘rsatma berdi. Bu xarajatlarni u shaxsan to‘lab berish niyatida”, — dedi matbuot kotibi.Oldinroq Indoneziya budjet shaffofligi forumi bosh kotibi o‘rinbosari Apun Vidadi hukumatdan prezidentning Turkiyaga va Germaniyadagi G20 sammitiga oilaviy tashriflarini izohlab berishni talab qilgandi.
Mavjud tartib-qoidalarga ko‘ra, davlat rahbari budjet hisobidan faqat rafiqasi bilan safar qilishi mumkin. Biroq Vidodo yuqoridagi ikki davlatga uch farzandi, kelini va nabirasini ham olib ketgandi.
Izoh (0)