Rossiya Tergov qo‘mitasi Moskvada o‘lgan onasining jasadini 10 sutka muzlatgich kamerada saqlab kelgan o‘g‘il bilan bog‘liq holatni o‘rganishga kirishdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qo‘mitaning Moskva shahar bosh boshqarmasi rahbari yordamchisi Yuliya Ivanovaga ko‘ra, 84 yoshli ayolning jasadi Raskova ko‘chasidagi uylardan birining kvartirasida, oshxona muzlatgich kamerasidan topildi.
Ayolning o‘g‘li onasining jasadini saqlanib turishi uchun kameraga joylashtirganini bildirdi. Tanani tekshirish chog‘ida shikastlanish alomatlari topilmadi.
Keksa ayolning o‘limi sabablari ma’lum qilinmadi. Tergovchilar qo‘shnilar va qarindoshlarni so‘roqqa tutmoqda.
Izoh (0)