Primorye politsiyasi ko‘plab odamlar to‘plangan plyajda Amur yo‘lbarsini sayr qildirib yurgan shaxs tasvirlangan videoni tekshirmoqda, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Rolik Naxodka shaharida suratga olingan. Noma’lum erkak yirik yitqichni arqonda yetaklab yurib, u bilan birga suratga tushishni taklif qilgan, deb xabar berdi “Rossiya 24”. Videodan ko‘rish mumkinki, hech qanday xavfsizlik choralari ko‘rilmagan. Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, yo‘lbars Primoryega gastrolga kelgan sirkka tegishli.
Izoh (0)