Meksikadagi qadimiy Teotiuakan shahrida joylashgan Oy piramidasining ostida 10 metr chuqurlikda topilgan tunnel “do‘zax”ga taqlid uchun qazilgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda “Nauka”.
Teotiuakan qazilamalarida ishlayotgan arxeologlar Oy piramidasi ostida maxfiy yo‘l bo‘lganini isbotlovchi dalil topganini ma’lum qilmoqda. Maxfiy yo‘l odamlarni qatl qilish va boshqa marosimlar uchun xizmat qilgan markaziy maydongacha cho‘zilgan.
Meksika antropologiya va tarix milliy instituti tomonidan qayd etilishicha, tunnelni aniqlash uchun kompyuter tomografiyasi usulidan foydalanilgan. Dastlabki tasvirlar tunnelning qadimiy shahar markazi tomonga cho‘zilganini ko‘rsatgan, biroq yer osti dunyosi haqidagi nazariyalar tasdiqlanishi uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak.
Izoh (0)