Shimoliy Koreya 4-iyul, seshanba kuni butkul yangi qit’alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda Pentagondagi brifingda tashkilotning rasmiy vakili Jeff Devis ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bunday qit’alararo ballistik raketani oldin ko‘rmagandik. Raketa mobil parvoz qurilmasidan uchirildi. Unda atmosferaning zich qatlamlariga qaytish uchun mo‘ljallangan bosh qism o‘rnatilgandi”, — dedi Jeff Devis.
Pentagon vakili raketa uchirilishini vaziyatni beqarorlashtirish va keskinlikni kuchaytirishga olib keladigan qadam deb baholadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pxenyan “Xvanson-1” qit’alararo ballistik raketasi yadro kallagini eltishga qodirligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)