Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya 4-iyulda tarixda birinchi marta o‘zining qit’alararo ballistik raketasini sinab ko‘rdi. KXDR davlat telekanalining xabar berishicha, raketa “dunyoning istalgan nuqtasidagi” nishonni yo‘q qila oladi, deb yozmoqda Meduza.

“Xvanson-14” raketasining uchish balandligi 2,8 ming kilometrni tashkil qildi. “Interfaks”ning yozishicha, parvoz balandligi 535 kilometrni, uzoqligi 510 kilometrni tashkil qilgan.

Avvalroq Jabubiy Koreya va AQSh tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, KXDR o‘rta uzoqlikka uchuvchi raketani uchirgan. Raketa 930 kilometr uzoqlikka uchib, Yapon dengizidagi alohida iqtisodiy zona hududiga tushgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ham “Xvanson-14”ni o‘rta uzoqlikdagi raketalar sinfiga kiradi, deb hisoblamoqda.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In BMT Xavfsizlik kengashini Shimoliy Koreya sinovlari munosabati bilan shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)