Amerikaning Detroyt (Michigan) shahrida joylashgan General Motors zavodida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi FOX 2 telekanali.
Avvaliga politsiyachilar portlashdan kamida uch kishi jarohat olganini ma’lum qilgandi. Biroq o‘t o‘chiruvchilarning keyinroq aniqlik kiritishicha, “katta bo‘lmagan noxush hodisa”dan faqatgina bir kishi jarohat olgan.
Jabrlanganlarning aniq soni ma’lum emas, ammo General Motors vakilining telekanalga so‘zlashicha, bir kishi shifoxonaga yetkazilgan.
O‘t o‘chiruvchilarining qayd etishicha, sodir bo‘lgan hodisani “kichik portlashga yoki kimyoviy reaksiya” qatoriga kiritish mumkin.
Izoh (0)