Xitoyning shimoli-sharqidagi gaz quvurida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi va 89 kishi jarohat oldi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Portlashga gaz quvurida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari vaqtida gazning oqib chiqishi sabab bo‘ldi.
Portlashdan yaqin atrofdagi shifoxonaning xodimlari hamda bemorlari, yo‘ldan o‘tayotgan odamlar jabrlangan.
Bu Xitoyda bir hafta ichida ikkinchi bor gaz quvurining portlashi hisoblanadi.
Izoh (0)