Rossiyaning Chelyabinsk viloyati, Chesmensk tumanidagi ko‘lda qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ko‘lning chuqurligi 6 metrgacha boradi, hodisa qirg‘oqdan 50 metr uzoqda ro‘y berdi. Qayiqda 9 kishi, jumladan, 6 nafar bola bo‘lgan.
Ulardan 4 kishi — ikki bola va shuncha katta yoshdagi shaxs qirg‘oqqacha suzib borishga muvaffaq bo‘ldi. Ularga yordamga chog‘langan ikki kishi ham halok bo‘ldi.
Qutqaruvchilarga ko‘ra, havza cho‘milish va qayiqda suzish uchun mo‘ljallanmagan edi. Fojiaga qayiqda odam soni ko‘pligi sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)