IShID Iroq va Suriyadagi hududlarni boy berganidan so‘ng qarshi hujumga o‘tishi va “internetdagi xalifalik”ni barpo etishga kirishishi mumkin. Yevroittifoqning terrorizm bo‘yicha koordinatori Jil de Kershov shunday fikr bildirdi, deya ma’lum qildi “TASS”.
“Iroq (Mosul) va Suriyadagi (Raqqa) asosiy hududlarni yo‘qotgandan so‘ng IShID asosiy faoliyatini virtual kenglikka ko‘chirishi mumkin. Bugungi kunda mazkur tashkilot radikal targ‘ibot sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishayotganini kuzatish mumkin”, — dedi ekspert.
Jil de Kershovga ko‘ra, bunday faoliyat yangicha ko‘rinish — “arzon terrorizm” tarqalishiga sabab bo‘ladi: G‘arbda kishilar terrorchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lmay, kompyuter qarshisida o‘tirib mutaassiblashib bormoqda. Buni London yoki Bryusseldagi teraktlar misolida ko‘rish mumkin.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)