Saxalin viloyatining Pobedino qishlog‘ida yashovchi 26 yoshli Varvara Nigmatullinaning uyi yoqib yuborildi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Rossiya inson huquqlari uchun advokatlar assotsiatsiyasiga murojaat qilgan saxalinlik Oleg Vnukovning bildirishicha, qishloqda ishsizlik muammosi bo‘lgan va ko‘pchilik narkotiklarga mukkasidan ketgan.
Aynan narkotiklar tufayli Varvara Nigmatullinaning 38 yoshli turmush o‘rtog‘i joniga qasd qildi. Biroq qishloqdagilar yosh ayolni jodugarlik va erining o‘limida ayblab, uyini yoqib yubordi.
Endi ayol bolalari bilan ko‘chada qoldi, mahalliy aholi esa uning afsunlaridan cho‘chib, yordam berishdan bosh tortmoqda.
Assotsiatsiyaga ko‘ra, bu qishloq ahli qo‘shnilaridan go‘yo sehr-jodu bilan shug‘ullangani uchun o‘ch olayotgan Rossiyadagi birinchi holat emas.
Izoh (0)