Tinimsiz yomg‘irlar va buning natijasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida Xitoyning 11 viloyatida jami 56 kishi halok bo‘ldi. “TASS” xabariga ko‘ra, yana 22 kishi bedarak yo‘qolgan, deb taxmin qilinmoqda.
Xabar berishlaricha, tabiiy ofat natijasida 27 mingdan ziyod uy vayron bo‘lagan, yana 37 mingdan ortiq binoga zarar yetgan. 759 ming gektardan ko‘proq qishloq xo‘jaligi yerlari ishdan chiqqan.
Kuchli yomg‘irlar, suv toshqinlari va ko‘chkilar 11,08 milliondan ziyod aholining hayotiga daxl qildi. Tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zarar miqdori 3,72 milliard dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)