Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQSh davlat rahbari Donald Tramp bilan uchrashuvi 7-iyul kuni Gamburgda, G20 sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Prezidentlarning uchrashuvi haqidagi xabarni Kreml ham, Oq uy ham tasdiqladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv rejasi hozircha tasdiqlanmagan.
CNN’ning xabar berishicha, Tramp va Putin ushbu uchrashuvda Suriyadagi vaziyatni va Moskva tomonidan Bashar Asadga ko‘rsatilayotgan ko‘makni muhokama qiladi.
Muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi nizoga ham to‘xtalib o‘tilishi mumkin.
Izoh (0)