AQShning Xillsboro shahrida (Oregon shtati) qurollangan erkak vertolyotni olib qochishga urinish chog‘ida otib tashlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Havo kemasini olib qochishga urinish naf bermagach, jinoyatchi yashirinishga harakat qildi. Biroq politsiyachi uni yaqin oradagi maydonda quvib yetib, otib tashladi.
Yo‘riqchi va talaba jabrlanmadi. Hodisa tufayli aeroportdagi barcha aviareyslar bekor qilindi.
Izoh (0)