“Suriya demokratik kuchlari” (SDF) AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida Raqqaning eski shahar qismida jangarilar mudofaasini yorib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Reuters agentligiga ko‘ra, koalitsiya Rafiq devorining ikki joyiga zarba berdi va bu jangarilar mudofaasini yorib o‘tishga imkon berdi.
Ma’lumot uchun, 2013-yildan beri IShID nazoratida bo‘lgan va terrorchilarning norasmiy poytaxti hisoblanadigan Raqqa ostonasida shaharni qurshab olish uchun bir necha oydan beri janglar davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)