Suriya qurolli muxolifati delegatsiyasi xalqaro uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostonaga yetib keldi. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati rahbari Anvar Jaynakov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Muzokaralarda ishtirok etadigan barcha delegatsiyalar Ostonaga yetib keldi. Jumladan, Suriya qurolli muxolifati vakillari ham”, — ta’kidladi Jaynakov.
Qozog‘iston poytaxtidagi muzokaralar 4—5-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Suriya hududidagi 4 ta xavfsizlik hududi parametrlarini kelishish uchrashuvning asosiy mavzusi ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)