• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    BMW’dagi o‘zbekistonlik mutaxassis Shokir To‘laganov orzusidagi ish haqida

    BMW — har bir avto sohibining orzusi. Bu orzuning ishlab chiqarilishi ichkaridan qanday ko‘rinadi? BMW’ning dasturiy ta’minot bo‘yicha muhandisi, o‘zbekistonlik Shokir To‘laganov eng yirik avtokonsernlardan biriga ishga qanday joylashgani, u yerda ishlashning o‘ziga xos jihatlari va kompaniyaning kelgusi rejalari haqida “Kommersant.uz”ga so‘zlab berdi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Aviatsiya, “Yuniy texnik”, Apple

    Bolaligimda samolyotsoz bo‘lishni xohlardim. Otam Chkalov nomidagi TAIBda va 243-aviata’mirlash korxonasida (hozirgi Uzbekistan Airways Technics) ishlardi. U Il-76 samolyotini yaratish va unga xizmat ko‘rsatish, An-124 Ruslan va An-224 Mriya uchun qanotlar tayyorlash bo‘yicha ishlagan. Kichikligimdan meni bu korxonalarga tez-tez olib borar, aerodinamika asoslarini, qanotlar tuzilishini va samolyotlarning boshqa xususiyatlarini tushuntirardi. Yetti yoshligimda men ko‘zimni yumib turib har qanday sovet samolyotlari turini dvigatelining ovozidan aniq aytib bera olardim.

    O‘n yoshimdan aviamodellashtirish to‘garagiga qatnaganman, bo‘sh vaqtimni butunlay o‘sha yerda o‘tkazardim: planerlar, turli samolyotlar yasardim, barcha shahar va respublika musobaqalarida qatnashardim. Hozirgidek yodimda — ba’zida o‘zim yiqqan ichki yonuv dvigatelili samolyotni uyga olib ketganimda Qoratoshdagi mahalla bolalari meni o‘rab olib, samolyotni uchirishni so‘rashardi. Aviatsiyaga qiziqishim hanuz so‘nmagan — aviasalonlarga muntazam qatnayman.

    To‘qqizinchi sinfda hisoblash texnikasi va dasturlashga tasodifan qiziqib qoldim. Informatika darsida dastlab hech narsaga tushunmasdim. O‘qituvchimiz Sabina Anatolyevna sodda tuzilmaviy diagramma chizmasini miyamga joylash uchun uzoq va jiddiy jahd bilan harakat qilgandi. Praves kompyuterlaridagi BASIC tili haqida gap ham yo‘q edi u paytlarda. Bir kuni algoritm nimaligini bilib olishga qaror qildim. Bu muayyan qoidalarga bo‘ysunuvchi amaliyotlarning mantiqiy zanjiri ekanligini tushunganimda, ko‘z oldim charog‘on bo‘ldi va masalalarni ketma-ket hal qila boshladim. Bolaligimdan “Yuniy texnik” jurnaliga obuna bo‘lardim, otam yig‘ib qo‘ygan, 50–60-yillardagi sonlari ham saqlanib qolgandi. Ularda EHM haqida ko‘p yozilardi, o‘sha yerdan qiziqarli masalalarni topib, yechishga odatlandim.

    Hozir ham o‘sha jurnalning bir sonini saqlab qo‘yganman — unga qarab kalkulyatorda dasturlashni va hatto o‘yinlar dasturlashni o‘rganganman. Bu bir registrdan boshqasiga bitlarni o‘tkazish va muayyan mantiqiy amaliyotlarni bajarish orqali amalga oshirilardi. Bu o‘yinlardan misollarni men talabalik davrimda Ulm universitetida Talabalar uchun assembler bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqishda keltirganman.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Keyin nafaqat Toshkent, balki butun mamlakat miqyosidagi muhim voqea ro‘y berdi. Moskva, Kiyev, Minsk va Toshkent bo‘ylab “AQSh hayotida informatika” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma majmuiga kirish deyarli ilojsiz edi — shaharning yarmi navbatda turar, ko‘pchilikka ko‘rgazmaning o‘zidan ham ko‘ra ko‘krak nishoni, chiroyli jurnal va paket olish qiziqroq edi. Men esa ichkariga amallab suqilib kirdim va… og‘zim ochilib qoldi. O‘shanda men birinchi marta sichqonchali Apple kompyuterlarini, tachskrinli displeylarni ko‘rdim. Bu hali 1989-yil edi! Butunlay boshqa dunyo edi bu.

    Ta’lim

    80-yillar oxirlarida men Kiyevdagi Fuqarolik aviatsiyasi muhandislari institutida o‘qishni rejalashtirgandim, ammo Ittifoqning parchalanishi rejalarimni o‘zgartirib yubordi. Qolaversa, otam bevaqt olamdan o‘tdi va endi onam, singlim, buvimni tashlab uzoqqa ketishni xayolimga ham keltirib bo‘lmasdi.

    Men qayerga o‘qishga kirishni aniq hal qilolmasdim. Onam Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi institutiga kirishga ko‘ndirdi. Men chet eldagi o‘qishga o‘tib ketishni o‘zimga maqsad qilib qo‘ygandim, lekin uchinchi kursdan o‘qishni tashladim. O‘sha paytda ko‘proq bugungi kun bilan yashardim va chet el kompaniyalariga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanardim: tarjimadan tortib biznes-konsaltinggacha ko‘maklashardim. U paytlarning me’yorlari bo‘yicha yomon pul topmasdim, mamlakat ichida ham, chet elda ham ko‘p tanishlar orttirdim. Lekin chet elda o‘qish fikri menga tinchlik bermasdi.

    Oxir-oqibat men Germaniyaga keldim, bu yerda Ulm universiteti bakalavriati va magistraturasini “Informatika” yo‘nalishi bo‘yicha bitirdim. Aspiranturaga taklif qilishdi, lekin o‘qishdan charchaganim sababli oldin biroz ishlashga qaror qildim. Nokia kompaniyasi anchadan beri ishga chaqirardi — o‘qish davomida ularning tadqiqot markazi bilan dasturchi sifatida hamkorlik qilib yurardim. O‘sha yerga ishga kirdim. Aspirantura esa qolib ketdi.

    Nokia, Kuka robotlari, BMW’ga taklif

    Mening birinchi loyiham S40 platformasi liniyasini mahalliylashtirish bo‘ldi. Men telefonlar dunyoning ko‘plab tillarida, jumladan, rus va o‘zbek tillarida ishlay olishiga javob berardim. Binobarin, qachondir rus yoki o‘zbek tilidagi menyusi bor Nokia’dan foydalangan bo‘lsangiz, bilingki, bu paketlarni men tayyorlaganman. Darvoqe, Nokia 3310 va 6310 kabi mashhur modellar Ulm shahridagi bizning markazimizdan chiqqan.

    Keyin men chet ilovalarning integratsiyasi bo‘yicha loyihalar bilan shug‘ullandim — Facebook hamda Instant Messenger ilovalariga javob berardim.

    2012-yilda Nokia bankrot bo‘ldi, men esa Kuka — avtomobil va boshqa texnikalarni yig‘uvchi, dunyoda eng keng tarqalgan sanoat robotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyadan taklif oldim. Kuka’da men Build Management tizimini ishga tushirish va Continious Integration (uzluksiz integratsiya) rejimida build-jarayonlarni avtomatlashtirish bilan shug‘ullandim.

    Loyiha yakuniga yetib, faqat qo‘llab-quvvatlash, vaqti-vaqti bilan arzimagan o‘zgarishlar kiritib turishgina qolganda, bu ish menga zerikarli ko‘rina boshladi. LinkedIn orqali menga ish beruvchilar, xedxanterlar muntazam yozib turardi. BMW bilan hamkorlik qiluvchi xodimlarni yollash agentligidan ham yozishdi. Ularga Build Managment va Embedded Systems’ga dasturiy ta’minotni integratsiyalashda tajribaga ega odam kerak edi, chunki bu yerda ham Continious Integration rejimiga o‘tish rejalashtirilgandi. Bu esa men uzoq yillar shug‘ullanib yurgan yo‘nalishim edi. Biz bir-ikki yozishdigu, shu bilan ularning esidan ham chiqib ketdi. Bir necha haftadan keyin ular yana menga xat yo‘lladi va BMW kompaniyasiga suhbatga chaqirdi, u yerda menga ishga kirish taklif etildi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Meni ishga olishganda yashash va ishlashga ruxsatnomam bor edi, shu sababli chet eldan ishga joylashish taomilini yaxshi bilmayman. Lekin xorijdan kelib, shu yerning o‘zida ruxsatnoma olgan ko‘plab odamlarni bilaman. Kompaniya ko‘chib kelishga ham, hujjatlarni rasmiylashtirishga ham yordam beradi. Barchasi ish beruvchi yangi xodim olishdan qanchalik manfaatdor ekaniga bog‘liq. Naq Avstraliyadan, butun oilasi va yana katta konteyner to‘la uy jihozlari bilan ko‘chib kelishi xarajatini kompaniya qoplagan odamlarni bilaman.

    BMW’ning ichki hayoti

    Dastlabki ikki oy jarayonlarni o‘rganishga, kurslarni o‘tashga va sertifikatlar olishga ketadi. Hozirda men Driving Assistency Systems bo‘limida ishlayman, VDP (Vertical Dynamic Platform) loyihasiga va premium toifasidagi avtomobillar: BMW 7, Rolls-Royce’ning vertikal osmasi kontrolleriga javob beraman. Mening ishim “temir” yetkazib beruvchilar bilan ishlash, avtomobil DT yagona tizimiga integratsiyalash va dasturchilarning faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat. Ikkinchi vazifam boshqa kontrollerlarga javob beruvchi integratorlar jamoasini muvofiqlashtirishdir (Team Lead). Uchinchi vazifa — DT tashqi yetkazib beruvchilari bilan ishlash: texnik topshiriq tayyorlash, tenderlar e’lon qilish va g‘oliblarni tanlash. Ko‘pincha hindistonlik kompaniyalar yutib chiqadi. O‘zbekistonda, butun Sobiq Ittifoq hududidagi kabi, bizning talablarimizga javob beradigan firmalar hozircha mavjud emas.

    Ish haqi qanchaligini aytib o‘tirmayman. O‘zingiz bilasiz, inson qanchalik ko‘p topmasin, doimo kam ko‘rinadi. Loyihaviy bonuslar bor, alohida kelishuvlar bor. Hammasini kelishsa bo‘ladi.

    Menda shu korxonaga tegishlilik hissi yo‘q, avvalgi ishxonalarda ishlaganimda ham bo‘lmagan. Men o‘z xizmatlarim va bilimlarini sotaman, zimmamdagi vazifalarni bajaraman va bo‘sh vaqtimni o‘zimga va yaqinlarimga bag‘ishlayman. Shunisi menga qulay — bu mavqedan turib ishning turli jihatlariga tanqidiy yondashish oson bo‘ladi. BMW’ning Myunxendagi bo‘linmasida 40 ming nafar xodim ishlaydi, bu kichikroq shahar aholisidir. Munosabatlar ham shunga yarasha — men faqat o‘z qo‘shnilarimni taniyman, narigi ko‘chadagilarni yilda bir marta ko‘rsam ko‘raman, bo‘lmasa o‘sha ham yo‘q.

    Bu “shaharcha”ning o‘z quvonchlari, tashvishlari, hayajonli damlari bor. Boshida meni yaxshi qabul qilishdi, hamma do‘stona muomalada bo‘ldi. Men asta yangi ishga kirisha boshladim, deyarli hech kim bilan baqamti kelmadim. To‘rt oy o‘tgach, boshliq menga integratorlar jamoasiga rahbarlik qilishni taklif etdi — jamoada jiddiy muammolar tug‘ilgandi. Tashkiliy jarayonni tubdan o‘zgartira oladigan, vaqtinchalik bo‘lsa ham, inqiroz-menejer kerak edi. Hamkasblarimning munosabatlari turlicha bo‘ldi. Buni tabiiy hol deb qabul qildim: yangi kelgan, buning ustiga chet ellik xodimni ko‘tarishdi. Men anchadan beri bunday fikrlarga e’tibor bermay qo‘yganman, ular menda hech qanday salbiy tuyg‘ular uyg‘otmaydi: bu gap-so‘zlarni mening ishim, xatti-harakatim va pirovard natijam yuvib ketishini yaxshi bilaman.

    Bir-birimizga qanday ko‘nikkanimiz, jamoani zo‘rlik bilan yangicha Sprint va Scrum tashkiliy jarayoniga moslashtirganim — bular alohida mavzu. Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsam, yarim yilgacha, to jamoamizning natijalari yaqqol ko‘rinmagunicha, shubha bilan qarashlaridan xalos bo‘lmadim.

    Hamkasblarning barchasi biz ahil va birdam jamoaga aylanganimizni, avvallari ko‘p uchrab turgan hol — DT yetkazib berish muddatining cho‘zilib ketishiga barham berilganini tan oldi. Eng muhimi esa o‘rtamizda qalin do‘stona munosabat qaror topdi. Men jamoada muntazam ravishda turli tadbirlar uyushtiraman, birga restoranga boramiz, barbekyu tayyorlaymiz. O‘zimning rahbar ekanimni ta’kidlashga aslo harakat qilmayman: o‘zaro hazillashamiz, ularning muammolariga quloq tutaman, qo‘ldan kelgancha yordam beraman va jamoaning har bir xatosi uchun rahbariyat oldida javobgarlikni bo‘ynimga olaman.

    BMW bergan saboqlar

    Kuchli tayming sharoitida ishlash. Biz seriyali avtomobillar chiqaramiz, muddatni cho‘zib yuborish katta zararlarga olib keladi. Dasturiy ta’minot ham shu tariqa ishlab chiqiladi — seriyali, aniq reja asosida, uning buzilishiga menejerlar boshi bilan javob beradi.

    BMW — an’anaviy nemis, aniqrog‘i, Bavariya kompaniyasi. Men millatga qarab ajratish tarafdori emasman, lekin baribir temperamentda, his-tuyg‘ularda va ishga yondashishda farq seziladi. BMW’da turli mamlakatlar vakillari ishlaydi, ular turli hollarda, ayniqsa muammoli vaziyatlarda o‘zlarini turlicha tutishini kuzataman. Nemislar masalaga qizishmay yondashadi: faqat ish yuzasidan gapiradi, ovozlarida hissiyotning tomchisi ham sezilmaydi.

    Ko‘p millatli jamoada muammo muhokamasi qiy-chuvdan boshlanadi, masalan, italiyaliklar bilan muloqotda muammoning mohiyati qayerda-yu, quruq gap va qo‘l siltashlar qayerda — ajratib olish oson kechmaydi. Tajribali nemis menejeri esa sabr bilan tinglaydi, keyin hammasini joy-joyiga qo‘yib tushuntiradi: “Mana bu — muammo, mana bu — uning yechimi, o‘tgan gal biz buni mana bunday hal qilgandik, demak, sen mana buni bajarasan, biz esa narigi ishni uddalaymiz. Bu vaziyatni Lessons Learned’ga yozib qo‘yamiz va boshqa hech qachon bunday xatoga yo‘l qo‘ymaymiz, deb umid qilaman”. Shundan keyin suv quygandek jim-jit bo‘lib qoladi va hamma ish-ishiga tarqab ketadi. Nemis esa, buning hammasini bayonnomga tushiradi va Wiki’dagi FAQ’ga kiritadi. Nemislar Ordnung muss sein! deyishadi, buni “Tartib har narsadan ulug‘” deb tarjima qilish mumkin. Bunday sharoitda, istaysizmi-yo‘qmi, mana shu tartibni qabul qilasiz va shunday intizomga ko‘nikasiz.

    “Eng muhimi — o‘zingga ortiqcha baho berib yubormaslik”

    Germaniya korporativ siyosati uzoq yillardan buyon optimizatsiyaga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyotning oltin qoidalaridan biri yodingizdami? minimal pul tikib, maksimal daromad ko‘rishga intilish. Bu yerda shunday yo‘l tutishadi: minimal inson resurslari sarflab, maksimum unumdorlikka erishishga intilishadi. Bu shunday amalga oshiriladi: sizga asta-asta qo‘shimcha texnik topshiriqlar yuklayverishadi, kuzatishadi — agar bu ishlarning uddasidan chiqib, muddatida bajarayotgan bo‘lsangiz, demak, yana ikkita “qop” ortsa bo‘ladi. Bu to siz bukilib qolguningizcha davom etadi. Shunda tizginlar tortiladi, maksimal unumdorligingiz belgilanadi. Yelkadan bitta qop olib tashlanadi va endi kuniga shuncha qop tashiysan, deyiladi.

    Shu sababli o‘z imkoniyatlarini real baholash kerak. Berilgan har qanday topshiriqni bajarishga tayyor turish — yaxshi xislat, lekin qo‘lingdan keladiganidan ortiq vazifani zimmangga olishing yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Muddatlarning cho‘zilishi yoki vazifalar bajarilmaganligi uchun boshingni silashmaydi, buning asorati esa uzoq vaqt saqlanib qoladi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Kun tartibi va samaradorlik siri

    Erkin ish grafigiga egaman, lekin ish yuzasidan uchrashuvlar ko‘p bo‘lgani sababli ishga 9:00 bo‘lmasidan oldin kelishimga to‘g‘ri keladi. Agar hindistonlik kompaniya bilan telekonferensiyam bo‘lsa, vaqtdagi tafovut sababli yana ham vaqtliroq kelaman.

    Agar ishingiz boshqa joylarga qatnashga bog‘liq bo‘lsa, xizmat mashinasi beriladi. Zarur hollarda yo‘l xarajatlari qoplanadi. Bo‘limimizda DT’ni sinovdan o‘tkazish uchun ishlatiladigan mashinalar ko‘p, ularni hatto shaxsiy maqsadlarda, dam olish kunlariga ham olishimiz mumkin.

    Men Augsburgda yashayman, bu Myunxendan 50 kilometr narida. Ishga tezyurar poyezdda qatnayman, unda internet, stol va rozetka bor — men yarim soat vaqtimni pochtani ko‘zdan kechirish va ertalabki uchrashuvlar uchun axborot tayyorlashga bag‘ishlashim mumkin. Qaytishda ham poyezddagi vaqtimdan unumli foydalanishga harakat qilaman. Har kuni ishdan keyin fitnes-klub yoki basseynga borishga harakat qilaman. Dasturim standart: 10 kilometr yugurish, chigalyozdi mashqlari va sauna yoki 2 kilometrga suzish. Mashqlarsiz tanam bo‘shashib, diqqat yo‘qoladi, umuman, o‘zimni noxush his qila boshlayman. Kechqurunlari uydagi kabinetimda BMW bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa loyihalar ustida ishlayman.

    O‘zbekistondagi loyihalar

    O‘zbekistondagi biznes-sheriklar bilan aloqalarni uzmaganman, hozirda ham ba’zi loyihalarni birga amalga oshiramiz, lekin ular IT’ga bog‘liq emas. Asosan bu ko‘p jihatdan avtomatlashgan ishlab chiqarish liniyalaridir. Keyingi ikki yilda men O‘zbekistonga ko‘proq borishga harakat qilyapman, u yerda mana shu loyihalar ustida ishlayman. O‘zbekistondagi loyihalarga berilib borishimni ko‘rib, ertami-kechmi yo Germaniyadagi karyerani yoki O‘zbekistondagi biznesni tanlashimga to‘g‘ri kelishini tushunib turibman. Ungacha esa Germaniyadagi murakkab loyihalarni boshqarish bo‘yicha tajriba oshirib boraman.

    Afsuski, O‘zbekistonda mashinasozlik sohasida DT yaratish bilan shug‘ullanuvchi birorta kompaniyani bilmayman. O‘z avtomobil zavodi mavjudligini hisobga olsak, avtomobilsozlikni mahalliylashtirish uchun bu yo‘nalish juda foydali bo‘lar edi. Bilishimcha, DT yetkazib berish bilan Chevrolet asosiy konserni shug‘ullanadi. Avtomobilsozlikda DT roli tobora ortib boradi va O‘zbekiston bu yo‘nalishni o‘z tajribasi asosida rivojlantirishi lozim bo‘ladi.

    Toshkentdagi dasturchilarga maslahatlar

    Birgina veb-sahifalar va mobil ilovalar yaratishga o‘ralashib qolmaslik kerak. Boshqa ko‘plab sohalar bor, ularni tatbiq etish, faqat yuqori darajadagi tillarda emas, mashina tilida ham dasturlash lozim. O‘zbekistonda ko‘plab avtomatika institutlari, hisoblash markazlari, yirik zavodlar qoshida avtomatlashtirish bo‘limlari bo‘lgan.

    Bolalarni texnikaga o‘rgatish juda muhim. Qurilmalar bilan tanishtirish, ishlash tartibini tushuntirish kerak. Qiziqish bolalikdan boshlanadi. Ba’zan men Raspberry’da dasturlayman, o‘g‘limga oddiy hisoblash qurilmalari qanday ishlashini tushuntirish maqsadida uy jihozlari uchun sodda yechimlar ishlab chiqaman. Masalan, Yangi yilda biz Qorboboni topish dasturini tuzdik, kompyuterga harakat detektorini uladik, archa atrofiga infraqizil nurli datchiklar va kamera o‘rnatdik (biroq Qorboboni baribir tuta olmadik).

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    BMW’ning keyingi besh yildagi rejalari

    Men ishlaydigan BMW innovatsiyalar va ishlanmalar markazida (Forschung und Innovationszentrum) maxfiylik va qat’iylik darajasi juda yuqori. Markaz hududida suratga olish taqiqlangan. Avtomobillar maxsus yashiruvchi bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Shu sababli yangi modellar rasmlarini ko‘rsata olmayman.

    BMW kompaniyasi yaqin besh yil uchun reja ishlab chiqqan. 2018-yilga qadar o‘ta yuqori darajada avtomatlashgan avtomobil (High Automatic Driving) seriyali ishlab chiqarishga qo‘yiladi, unda boshqaruvning aksariyat qismi bort kompyuteri orqali amalga oshiriladi. 2021-yilga qadar kompaniya boshqaruvi to‘liq avtomatlashgan avtomobilni (Full Automatic Driving) seriyali ishlab chiqarishni boshlash niyatida. Hozirda ham yarim avtomatik, ham to‘liq avtomatik rejimda yura oladigan prototiplar mavjud. Lekin oldinda uzoq davom etadigan sertifikatlashtirish va keyingi ishlov berish jarayonlari bor. Bundan tashqari, bunday avtomobillar yurishi uchun yo‘llar ham sertifikatlangan bo‘lishi kerak.

    Yaqin kelajakda avtomobillardagi DT ulushi keskin ortadi. Mexanika va materialshunoslik rivojlanishi jarayoni deyarli takomiliga yetgan, avtomatizatsiya va sun’iy intellekt esa endi rivojlanish bosqichida turibdi. Oddiy misol: yettinchi seriyadagi BMW’da 30 yil oldin ham bort kompyuteri bo‘lgan, u yoqilg‘i uzatilishi vaqtini hisob-kitob qilar, bir nechta datchiklar ko‘rsatkichlarini hisoblar va natijani displeyda namoyish etardi. Bort kompyuteri DT hajmi, butun diagnostika o‘lchamlari bilan birga, 64 kilobaytni tashkil qilardi. Yettinchi seriyaning eng so‘nggi modeliga o‘rnatilayotgan dasturiy ta’minot qancha turadi, bilasizmi? 7 gigabayt!

    Kompyuter diagnostika qilibgina qolmaydi, balki real vaqt rejimida telemetriyaning barcha o‘lchamlarini hisoblab chiqadi. Faqat vertikal dinamika kontrollerining o‘zida barqarorlashuv, markazdan qochirma kuch, tezlashuv va sh.k.ni hisoblab chiqish funksiyalari bo‘yicha minglab mezonlar mavjud. Har qanday ehtimoliy vaziyatlar va haydovchi xatolari hisoblab chiqiladi. Haydovchi, avvalo, xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan insondir, BMW haydaganda esa gazni ko‘proq bosish yanada maftunkor ko‘rinadi. BMW dvigatelining ovozi ba’zi haydovchilarga “Akaxon, gazni bosing, bosa qoling” degandek eshitiladimi, deb o‘ylayman. Mana shunday haydovchilar avtomobil boshqaruvini yo‘qotib qo‘ymasliklari uchun muammoli vaziyatlarda kompyuter nazoratni o‘z qo‘liga oladi.

    Yaqin besh yilda, mening taxminimga ko‘ra, dasturiy ta’minot hajmi kamida besh barobarga ortadi. Bu esa kompyuterning hajmi ham ortishiga olib keladi. Hozirning o‘zida suv bilan sovutiluvchi yangi protsessorlar ishlanmalari yaratilmoqda. Umuman olganda, avtomobil boshqarishni to‘liq avtomatlashtirish — bu sarob emas, balki yaqin kelajakdagi voqelikdir.

    26.06.2017, 19:11   Izoh (0)   93080
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ijtimoiy tarmoqlarda Tesla 3 modelining suratlari paydo bo‘ldi (foto)

    26.06.2017, 12:39

    Samarqand avtozavodi gazli dvigatel o‘rnatilgan avtobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    25.06.2017, 18:18

    O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Labo’lar uzunlashtiriladi

    25.06.2017, 15:48

    Toshkent shahrida 22-iyunda yuz bergan YTHlarda bir kishi vafot etdi

    25.06.2017, 12:30

    GM Uzbekistan 2021-yilgacha ikki yangi modelda avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi

    25.06.2017, 10:40

    Tesla Xitoyda elektromobil ishlab chiqarish haqida kelishib oldi

    23.06.2017, 11:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sistit — bu uyat emas!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Simone Inzagi “Al-Hilol” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 3 iyun, 20:45

    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

    Reklama | 3 iyun, 19:30

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    Dunyo | 3 iyun, 20:40

    Rossiyada Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi suratga tushgan film taqdim etildi

    Layfstayl | 3 iyun, 20:20

    Volkswagen Germaniyada 20 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

    Dunyo | 3 iyun, 20:03

    Konditsioner yoqilganda derazani yopish kerakmi?

    Layfstayl | 3 iyun, 19:45

    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda

    Reklama | 3 iyun, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.