GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Labo mikrovenining yangilangan versiyasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Rejaga ko‘ra, 2017-yilning o‘zidayoq Labo’ning kuzovi uzaytirilgan variantlari ishlab chiqariladi.
Kompaniya har yili xuddi shunday modifikatsiyada 5 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq GM Uzbekistan 2021-yilgacha ikkita yangi modeldagi avtomobilni ishlab chiqarishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)