Tesla kompaniyasi Shanxayda elektromobillar ishlab chiqarish haqida dastlabki bitim tuzdi, deb yozadi Meduza. Bu haqda Bloomberg bir nechta manbalariga tayanib xabar qildi.
Bitim tuzilgani haqida rasman e’lon qilinguniga qadar ismlarini yashirishni istagan manbalarga ko‘ra, kelishuvga 22-iyun, payshanba kuni Shanxayda erishilgan.
Tesla bosh qarorgohida va Shanxay meriyasida ushbu bitim haqida izoh berishmadi.
Bloomberg ta’kidlashicha, Xitoyda ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi elektromobillar tannarxini pasaytirish, shuningdek, Xitoyda transport vositalari importiga amal qiluvchi qimmat soliqlardan qochish va shu tariqa, mahalliy bozorda Tesla modellari raqobatbardoshliligini oshirish imkonini beradi.
Izoh (0)