O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Riaz Husayn Buxoriyni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston—Pokiston munosabatlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tomonlar Pokiston to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilingan ShHT formatida hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanligini tasdiqladi.
Vazir to‘rt yillik diplomatik faoliyatini yakunlayotgan elchining mamlakatdagi samarali mehnati va uning O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini qayd etdi.
O‘z navbatida, Riaz Husayn Buxoriy Toshkentdagi diplomatik missiya rahbaridek yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik izhor etdi.
Izoh (0)