O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston—AQSh kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)