Iroqda 5 milliondan ortiq bola gumanitar yordamga muhtoj. Bu haqda BMT bolalar tashkiloti ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Iroq hududida bolalar haqiqiy dahshat va aql bovar qilmas zo‘ravonlik guvohi bo‘lib kelmoqda. Yangi tarixdagi eng shafqatsiz urush davomida ular o‘ldirilmoqda, yaralanmoqda, o‘g‘rilanmoqda, otish va o‘ldirishga majbur etilmoqda”, — deyiladi YuNISEF bayonotida.
Tashkilotga ko‘ra, Mosul shahrida ota-onalarni jazolash va ularning qochishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida IShID jangarilari bolalarni nishonga olmoqda va o‘ldirmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)