Ayova shtatida o‘z tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlar ekan, AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington “kommunizm zulmi”ga qarshi kurashishini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Tramp Kuba tufayli bu haqda eslatib o‘tdi va Barak Obama ma’muriyatining ushbu mamlakatga nisbatan tutgan yo‘lini bir tomonlama bitim deb atadi.
“Bu ajoyib: Obama qamoqxonalarida minglab odamlar o‘tirgan Kuba bilan bitim tuzdi, Eron bilan bitim tuzdi. Shundan keyin esa Tramp yaramas odam deyishadi. Bunga ishonib bo‘lmaydi”, — dedi Amerika prezidenti. Shu bilan birga, Donald Tramp Kuba bilan yaxshiroq kelishuvga erishishga va’da berdi.
Nashr eslatishicha, AQSh Kubaga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan amerikaliklar uchun cheklovlar kiritmoqchi va kubalik harbiylar bilan xizmat yuzasidan hamkorlikni taqiqlamoqchi. Ammo Donald Tramp Gavanadagi Amerika elchixonasini yopish niyatida emas. Kuba hukumati esa AQSh bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi.
Izoh (0)