Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, Turkiya va Saudiya vakillari Qatar bilan munosabatlardagi taranglikni pasaytirish uchun ko‘proq harakat qilishga kelishib oldi.
Shuningdek, Turkiya va Saudiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash istagi bildirildi.
Turkiya prezidenti Muhammad bin Salmonni valiahd shahzodaga aylangani bilan tabrikladi.
Izoh (0)