AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico nashri manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Yangi cheklovlar “qora ro‘yxat”dagi ma’lum bir shaxslarning aktivlariga taalluqli bo‘lishi mumkin.
“Bizning bu yerda yuz berayotgan voqealardan sabr-toqatimiz tugab boryapti”, — dedi AQSh ma’muriyatidagi manba.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQShning BMTdagi vakili Nikki Xeyli Venesuelada Suriyadagi vaziyat takrorlanishi mumkinligini bildirgandi.
Izoh (0)