2017-yilning 19-iyun kuni Chilonzor tumani hududida, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori—2017” tadbiri davomida, muqaddam sudlangan fuqaro Baxtiyor Fayziyev yonidan og‘irligi 3,20 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)