Farg‘ona asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markaziga tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq banki tomonidan viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan ham tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tashkil qilinadigan 2 ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash loyihasi 2018-yilning uchinchi choragida to‘la quvvat bilan ishga tushadi. 560 gektar maydonda quriladigan kompleksda 180 kishi ish bilan ta’minlanadi. Yiliga 4 ming tonnadan ortiq sut, 150 tonna go‘sht, 6000 tonna sut mahsulotlari qayta ishlanadi.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan Farg‘ona viloyatida 2017—2021-yillarda ipakchilikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgani ma’qullandi.
Pillachilikni yanada rivojlantirish uchun tut plantatsiyalarini tashkil qilish kerak. Sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pillachilikda aholining doimiy ish bilan ta’minlanishiga erishish lozimligi alohida qayd etib o‘tildi.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)