Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi 22 yoshli yigit o‘zganing avtotransportini olib qochgan, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.
U 1990-yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor A.S boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinani haydab qochgan. Ammo u uzoqqa bora olmadi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Olmaliq shahar Primqulov ko‘chasi 11-“V” uy oldidan texnik soz holda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)