• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekspert: Valyuta bozori liberalizatsiyasi bilan qo‘rqitish shart emas

    Ekspert Yuliy Yusupov Valyuta bozori liberalizatsiyasi masalasida mushohada yuritadi. Ekspert fikrlarini Uz24 nashri yoritdi.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    “Bizga shok terapiyasi kerak” (Aleksandr Davletov) bayonotini e’tiborsiz qoldira olmayman. Muallif o‘zini liberalizatsiya tarafdori deya ta’kidlashiga qaramasdan, u keltirib chiqaradigan oqibatlar tufayli uni o‘tkazmaslik yaxshiroq ekanligini ma’lum qiladi.

    Muallif fikricha, valyuta bozori liberalizatsiyasi quyidagi qo‘rqinchli oqibatlarga olib kelishi mumkin:

    - Erkin bozor kursi bir dollarga 10 500 so‘mgacha oshib ketadi;

    - YaIM o‘sishi sekinlashadi yoki to‘xtab qoladi;

    - Inflyatsiya va ishsizlik hajmi ikki xonali raqamlarga yetadi.

    Maqolada bularning barchasi “shok terapiyasi” termini qo‘llanilgan holda yoritilgan.

    Eng oddiysi — inflyatsiyani ko‘rib chiqishdan boshlaymiz. O‘zbekistonda xaridlarni amalga oshiruvchi, rasmiy statistikaga ishonmagan istalgan fuqaro,  inflyatsiya hech qanday liberalizatsiyasiz ham ikki xonali raqamga (ya’ni o‘n foizdan ortiq) teng ekanligini biladi. Rasmiy statistikaga esa ishonish yaramaydi. Chunki u nafaqat sog‘lom aql, balki o‘z-o‘ziga ham ziddir. Shuning uchun inflyatsiyani ikki xonali raqamga yetkazish xavfi ma’nosiz — biz allaqachon mazkur bosqichdamiz.

    Valyuta bozori liberalizatsiyasi inflyatsiyani yanada kuchaytirish-kuchaytirmasligi esa boshqa masala. Bu import mahsulotlarining narxlari oshgan taqdirdagina yuz berishi mumkin. Biroq bugungi kunda import mahsulotlarining katta qismi bozor (“qora” yoki “birja”) kursida sotilmoqda. Istalgan bozor liberalizatsiyasida muvozanat qiymati (muvozanat kursi) rasmiy narx (kurs) va norasmiy bozorlardagi narx (kurs) o‘rtasida belgilanadi. U norasmiy bozor narxlaridan yuqori bo‘la olmaydi. Bu iqtisodiyot qonunidir. O‘ylashimcha, hozir muvozanat nuqtasi “qora” kursga yaqinroq yoki u va “birja” kursi oralig‘ida. Shunga muvofiq, bozor narxlari juda oshib ketmasligi lozim, liberalizatsiya ularga ta’sir qilmasligi ehtimoli yuqori. Narxlar tuzilishi o‘zgarishi (ularning ba’zilari oshishi, ba’zi birlari esa pasayishi) ham mumkin. Biroq biz inflyatsiya haqida gapirganda aynan o‘rtacha narxlarni nazarda tutamiz.

    Biroq muallifning erkin bozordagi kurs, albatta, birja kursidan 10—15 foizga oshib ketishiga negadir ishonchi komil. Kurs qisqa muddat o‘zgarib turishi mumkin, biroq u uzoq vaqt davomida bu holatda saqlanib tura olmaydi. Bu holatda valyutaga talab juda kamayib ketadi. Kursning oldi-sotdiga oid o‘zgarib turishi nafaqat liberalizatsiya holatlariga, balki istalgan bozor iqtisodiyotida yuz berishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun Markaziy bank valyuta intervensiyasini amalga oshirmoqda. Turg‘un almashuv kursi tashqi savdo aloqalarining normal rivojlanishi shartidir.

    Shuning uchun, agar Markaziy bank o‘z majburiyatlarini bajarsa, dollarning “birja” kursidan qisqa muddatli oshishi ham yuz bermaydi. Bu liberalizatsiyaga qarshi bo‘lganlarning navbatdagi vahimasidir.

    Endi iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi va ishsizlikning o‘sishiga kelsak. Bu yerda valyuta bozori liberalizatsiyasi qanday qilib bu qo‘rqinchli hodisalarga olib kelishi mumkinligi butunlay tushunarsiz. Hech qanday tushuntirish berilmagan.

    Qolaversa, muallif nuqtai nazariga ko‘ra, agar almashuv kursi devalvatsiyasi yuz bersa, iqtisodiy nazariya va ko‘p sonli tajribalardan ko‘rinishicha, iqtisodiy o‘sish oshishi (eksport o‘sishi hisobiga), ishsizlik esa kamayishi lozim.

    Agar gap YaIM dollardagi ifodasida pasayishi haqida borsa, buning real iqtisodiy o‘sishga hech qanday aloqasi yo‘q. Iqtisodiy o‘sish milliy valyutada aks ettiriladigan YaIMga qarab hisoblanadi. Bundan tashqari, statistikamiz o‘ziga xosligini (iqtisodiyotda haqiqatda nima yuz berayotganligidan qat’i nazar 8 foizlik o‘sishni kafolatlovchi) hisobga olsak aslida o‘sish haqiqatda bor-yo‘qligi va uning ahamiyatini hech kim bilmaydi.

    Yana bir eslatish. Mamlakatimizda 2002—2003-yillarda valyuta bozori liberalizatsiyasi amalga oshirilgan edi. Iqtisodiy o‘sish sekinlashganligi kuzatilmagan. Inflyatsiya va ishsizlik o‘sishi ham umuman qayd etilmagan. Aksincha, iqtisodiy o‘sish eksportning to‘rt karra o‘sishi (2004—2008-yillarda) bilan birga tezlashgan, inflyatsiya esa pasaygan. Bu mustaqillikdan keyingi iqtisodiy o‘sishning eng yaxshi yillari bo‘lgan. Barqaror almashuv kursi qanday miqdorda belgilangan deb o‘ylaysiz? Liberalizatsiyaga qadar kurslar o‘rtasidagi farq olti barobar: rasmiy kurs — (taxminan) 300, bozor kursi — 1800 ga yetgan bo‘lsa, muvozanat kursi 900 etib belgilandi. Hozirgi vaziyatda u bozor kurslariga yaqinroq bo‘ladi, biroq undan oshib ketmaydi.

    Katta iltimos, ayniqsa, islohotlar tarafdorlariga: hech narsa bilan asoslantirilmagan qarashlar va vahimalarni takrorlamaslik zarur. Islohotlar o‘tkazishning aslida mavjud bo‘lmagan muammolarini o‘ylab chiqmaslik lozim.

    1996-yilda O‘zbekistonda biror-bir hisob-kitobsiz va oqibatlarga baho berilmasdan konvertatsiya bekor qilindi. 2003—2008-yillarda valyuta bozorini yana “normal” holatga qaytardik va iqtisodiyot taraqqiyotida sezilarli yutuqlarga erishdik. 2008-yilning kuzida bozor munosabatlarini barbod qilishga qaratilgan navbatdagi qadam tashlandi. Hozirda “uyga qaytish” va kompleks iqtisodiy islohotlar o‘tkazish, jumladan, erkin konvertatsiyani joriy etishning ayni vaqti.

    Keling, va nihoyat, buni amalga oshiramiz.

    22.06.2017, 13:07   Izoh (0)   72560
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga tashriflarni qachon amalga oshiradi?

    22.06.2017, 11:41

    Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Tun” tadbirlari davomida 51 ta qimor o‘ynash holati aniqlandi

    22.06.2017, 11:08

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi

    22.06.2017, 10:32

    Chelyabinskka O‘zbekistondan keltirilgan 17 tonna gilos va 3 tonna o‘rik kiritilmadi

    22.06.2017, 10:21

    Artel Turkmanistondagi “Xalqaro iqtisodiy taraqqiyot — 2017” universal ko‘rgazmasida

    22.06.2017, 09:16

    Ostonadagi an’anaviy nufuzli mediaforumga ilk bor “Daryo” internet-nashri vakili taklif etildi

    22.06.2017, 08:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya portida 2,4 tonna kokain aniqlandi

    Dunyo | 29 iyun, 20:35

    Tanzaniyada avtobuslar yonib ketishi sabab 38 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:40

    “Real” rahbariyati Vinisusning g‘alati harakatlari yuzasidan izoh so‘radi

    Sport | 29 iyun, 19:30

    Telegram’da faktlarni tekshirish funksiyasi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:15

    “Kelasi oy uchun 20 mln so‘m berib tur deydi”. Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlari oldindan soliq undirayotganini qoraladi

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 18:35

    Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi

    Dunyo | 29 iyun, 18:10

    Eron: Isroilning qamoqxonaga hujumida 71 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 29 iyun, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.