21-iyun, chorshanba kuni ertalab Filippin janubidagi maktab binosini egallab olgan ekstremistlar hukumat qo‘shinlari bilan bo‘lib o‘tgan otishmadan so‘ng chekindi, hech kim jabrlanmadi, deb yozadi “Interfaks”. Hodisa Mindanao orolidagi Pigkavayyan shahrida yuz berdi.
Brigada generali Restituto Padilya avvalroq jangarilar o‘quvchilarni garovga olgani haqida paydo bo‘lgan ma’lumotlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asirlar orasida o‘quvchilar bo‘lmagan.
Jangarilar chekindi, maktab yana xavfsizlikda, harbiylar esa ekstremistlarni ta’qib qilmoqda.
Maktabga hujum qilgan guruhlardan biri — Bangsamoro ozodligi uchun kurashchilar vakili Reuters’ga ma’lum qilishicha, ular besh nafar oddiy fuqaroni otishmalardan uzoqroqdagi xavfsiz joyga olib ketgan, ammo ularni garovda saqlash niyatlari yo‘q.
Izoh (0)