Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtidagi Yas orolida joylashgan mashhur Ferrari World Abu Dhabi avtomobil bog‘i Iyd Al Fitr — Ramazon hayiti nishonlandigan kunlar davomida tashrifchilar uchun o‘z eshiklarini yopmaydi, deb yozadi UAE Inside.
Bog‘ 25-iyun kuni ertalab 11 da ochilib, 26-iyun kuni 22:00 gacha ishlashda davom etadi. “Ferrari olami” hududida bepul sayr qilish mumkin bo‘ladi, alohida attraksionlar va oilaviy paketlar narxi esa 30 dan 175 dirhamgachani tashkil etadi.
Aksiya davomida bog‘ tashrifchilarini musiqiy dasturlar kutmoqda. Artistlar va musiqachilar xilma-xil o‘yinlar, tanlovlar va interaktiv shoularni o‘tkazadi.
Izoh (0)