AQSh Malayziyaning Boeing samolyoti Ukrainada halokatga uchrashiga Donbass ko‘ngillilari aybdor ekanligini inkor etuvchi ma’lumotlarni hech qachon oshkor etmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissor Oliver Stounga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Suhbat davomida Stoun Putindan “Ukrainada 2014-yilgi davlat to‘ntarishidan keyingi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan AQSh razvedkasi Boeing halokati haqida ma’lumot ega bo‘lishi mumkinmi?” deb so‘radi.
“Shunday ekanligiga ishonchim komil. Biroq, afsuski, sheriklarimizdan olingan ma’lumotlarda buning dalillari yo‘q. Buni tushunsa ham bo‘ladi, chunki ularning Ukraina bo‘yicha nuqtai nazarini yaxshi bilamiz”, — dedi Rossiya prezidenti.
Izoh (0)