Afg‘onistonning Paktiya viloyati ma’muriy markazi Gardiz shahrida qurollangan jangarilar hujumi davomida kamida besh nafar politsiyachi halok bo‘ldi, to‘rt nafari yaralandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Viloyat politsiya boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, to‘qnashuvlar davom etmoqda. Hodisa joyiga armiya va xavfsizlik boshqarmasi maxsus bo‘linmalari yetib keldi.
Mahalliy OAV jangarilar avvaliga nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida portlovchi modda to‘ldirilgan mashinani portlatgani, so‘ng politsiya hududiga kirib, huquq-tartibot vakillari bilan jangga kirishganini ma’lum qildi.
Ulardan ikki nafari o‘ldirilgani, qolganlari qurolli qarshilik ko‘rsatishda davom etayotgani bildirilmoqda.
Izoh (0)