17-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Prezidentning o‘rta ta’lim tizimiga tajribaviy ravishda 10–11-sinflarni qaytarish haqidagi taklifi muhokama qilingan yig‘ilishda kollej va litsey xodimlari ishsiz qolmasligini ta’kidladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Yig‘ilish chog‘ida kollej va litseylar xodimlari ish joylarini yo‘qotib qo‘yishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Ammo bosh vazir bu xavotirlar o‘rinsizligini aytdi.
Abdulla Aripov O‘zbekiston ta’lim tizimini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidladi.
10–11-sinflarni joriy etishni birdaniga barcha maktablarda amalga oshirib bo‘lmaydi, shu bois yangi tizimga bosqichma-bosqich o‘tiladi.
Izoh (0)