Uchtepada tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro 90 million so‘m evaziga o‘n kun ichida Malibu avtomobili xarid qilib berishni va’da qilib, 28 yoshli ayoldan avvaldan 44 million so‘m oldi. Bu haqda, Shayxontohur tuman IIB ma’lumotlariga tayanib, UzNews xabar bermoqda.
Firibgar 2017 yil 7-may kuni olingan pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yubordi.
Mazkur holat bo‘yicha JKning 168-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)