Hamdam Qarshiyev O‘zbekiston Icki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
U bunga qadar Adliya vaziri o‘rinbosari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Hamdam Qarshiyev 1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
2009-yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB rahbari o‘rinbosari, 2013—2016-yillarda Qashqadaryo viloyati IIB rahbari o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Izoh (0)