Sergeli tumanida 2016—2017-yillar rejasiga asosan 4284 ta xonadondan iborat 102 ta zamonaviy ko‘p qavatli uy-joy qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda qurilish ishlari uchta maydonda olib borilmoqda. Birinchi maydondagi 66 ta yetti qavatli uyning kalitlari xonadon sohiblariga O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi bayrami arafasida topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Uylar bilan bir qatorda maktablar, bolalar bog‘chalari, dam olish joylari, poliklinikalar, maydonchalar, avtomobil turar joylari, chiqindi yig‘ish punktlari qurilishi ham rejaga kiritilgan. Reja amalga oshirilgach, tumanda 30 ming aholi yangi xonadonlar bilan ta’minlanadi.
Izoh (0)