O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol vafot etganligi munosabati bilan maktub yo‘lladi. Maktub matnini O‘zbekiston TIV matbuot xizmati keltirdi.
Janob Kol bizning xotiramizda jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning atoqli davlat arbobi sifatida qoladi. Uning nomi bilan Germaniyaning birlashishi va Yevropa Ittifoqining yaralishi kabi jahon tarixidagi muhim siyosiy voqealar chambarchas bog‘liq.Eslatib o‘tamiz, 1982—1998-yillarda Germaniya kansleri bo‘lgan Gelmut Kol 16-iyun kuni 87 yoshida vafot etdi.U, shuningdek, davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik va do‘stona aloqalar o‘rnatilishi va rivojlanishida katta hissa qo‘shgan.
Mening ta’ziyamni qabul qilishingizni hamda janob Kolning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga samimiy hamdardlik so‘zlarimni yetkazishingizni so‘rayman.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)