O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Samarqand viloyati aholisining kam ta’minlangan hamda mehnat layoqati chegaralangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qariyb 120 kishiga moddiy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Facebook’dagi Xalq bilan muloqot sahifasi ma’lum qildi.
Fuqarolarga tikuv mashinalari, nogironlar aravachalari, eshitish apparatlari, hassalar, davolanishga bepul yo‘llanmalar berildi hamda 150 million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)