May oyining oxirida Moskva shahrida ro‘y bergan kuchli dovul oqibatida jabrlanganlarning yana biri shifoxonada olamdan o‘tdi. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib, “TASS” xabar berdi. Shunday qilib, Moskva shahri va viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat sabab halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi.
“Dovul sabab jarohat olgan shaxs Moskva shahridagi shifoxonada vafot etdi”, — deb xabar berdi matbuot xizmati xodimi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda shifoxonada yana sakkiz kishi qolmoqda, ulardan birining ahvoli og‘ir.
29-may kuni Moskvada 28 metr/soniya tezlikkacha ko‘tarilgan kuchli dovul sodir bo‘lishi oqibatida o‘nlab odamlar jarohat olgandi.
Dovul Moskva shahrida 27 mingta daraxtni qo‘porib tashlagan, shuningdek, 243 tomga, 135 ta ko‘chani yoritish tayanchlariga, 1,9 mingdan ortiq avtomobillarga zarar yetkazgan edi.
Izoh (0)