Belgiya hukumati o‘zining harbiy-havo kuchlarini AQSh boshchiligida Iroq hamda Suriyada olib borilayotgan antiterror koalitsiyasidagi ishtirokini 1-iyuldan 31-dekabrga qadar uzaytirish qarorini qabul qildi. Bu haqda Belga nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Shu bilan birga, IShID terrorchilik tashkiloti jangarilariga qarshi kechayotgan operatsiyalarda foydalanilayotgan F-16 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari oltitadan to‘rttaga qisqartiriladi.
Ushbu samolyotlar ayni paytda Iordaniyada joylashgan.
Belgiya harbiy-havo kuchlari antiterror koalitsiyaga 2016-yilning iyulida a’zo bo‘lgan, koalitsiyaga a’zolikni uzaytirish mamlakat budjetiga 17 million yevroga tushadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)