Vanuatu prezidenti Baldvin Lonsdeyl yurak xuruji sabab olamdan o‘tdi. Bu haqda Radio New Zealand’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Lonsdeyl zudlik bilan shifoxonaga yetqazilgan, biroq uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Baldvin Lonsdeyl Vanuatuga 2014-yildan beri prezidentlik qilib kelar edi. Bunga qadar u anglikan ruhoniysi bo‘lgan.
Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, yangi prezident parlament a’zolari hamda hududiy kengashlar rahbarlari tomonidan uch hafta ichida tanlanishi kerak.
Ma’lumot uchun, Vanuatu — Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid orollaridagi davlat bo‘lib, 300 mingdan kamroq aholiga ega.
Izoh (0)