Shimoliy Koreyada Rossiyaning Katalexa yaxtasi qo‘lga olinishi bilan bog‘liq holat o‘z yechimini topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rossiyaning Chondin shahridagi bosh konsulligiga ko‘ra, 17-iyun, shanba kuni zarur rasmiyatchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng yaxta Radjin portini tark etishiga ruxsat berildi, deb yozadi “Kommersant”.
Ma’lum bo‘lishicha, Tayvandan Vladivostokka yo‘l olgan yaxta “anglashilmovchilik” tufayli qo‘lga olingan.
Shimoliy Koreya tomonining bildirishicha, mahalliy baliqchilar brakonyerlar bilan kurash kampaniyasi doirasida “o‘ta hushyorlikni namoyish etgan” va chegara xizmatiga go‘yo KXDR chegarasini buzgan kema haqida xabar bergan.
Izoh (0)