AQSh prezidenti Donald Tramp qonuniylik ta’minlanishiga to‘sqinlikda gumon qilinib, tergov ostida bo‘lib turibdi. Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Davlat rahbariga qarshi tekshiruvni Tramp saylov shtabining Rossiya bilan aloqalarini tekshirish bo‘yicha maxsus maslahatchi Robert Myuller olib bormoqda.
Nashrga ko‘ra, Milliy razvedka direktori Deniyel Kouts, Milliy xavfsizlik agentligi raisi Mayk Rojers, shunindek, mazkur agentlik rahbarining sobiq o‘rinbosari Richard Lejett Myullerning xodimlariga mazkur ish bo‘yicha ko‘rsatma berishga rozi bo‘ldi.
Tramp tomonidan qonuniylik ta’minlanishiga to‘sqinlik qilishga oid tergov u FQB direktori Jeyms Komini bo‘shatganidan bir necha kun o‘tib boshlangani bildirilmoqda.
Izoh (0)