AQShning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi 32 yoshli Tiffani Jonson eri bilan iyun oyi boshida Bagam orollarida dam olayotganida akula hujumi oqibatida qo‘lining bir qismidan ajraldi. Bu haqda Huffington Post xabar bermoqda.
Tiffani niqob va naycha taqib, dengizga sho‘ng‘iganda turtkini payqadi: akula uning o‘ng qo‘lini tishlashga ulgurgandi. Ayol qo‘lini tortib olishga urindi, biroq yirtqich qo‘yib yubormadi va tirsagigacha uzib oladi.
Tiffanining qichqirig‘ini eshitgan turmush o‘rtog‘i suvga sakrab, uni qayiqqa olib chiqdi. Ko‘p qon yo‘qotganiga qaramay, uni Bagam orollari poytaxti Nassaudagi kasalxonaga yetkazishga ulgurildi.
Operatsiyadan so‘ng Jonson Shimoliy Karolinadagi tibbiy markazga olib kelindi. Hozirda u bilan jarrohlar va protez mutaxassislari shug‘ullanishda davom etmoqda.
Izoh (0)